“Lokomotiv” bogʻi Anhor Park bilan birga barchani festivalga taklif etmoqda
“Lokomotiv” bogʻida 1-sentabrdan 3-sentabrgacha festival boʻlib oʻtadi. Festivalda “Benom” guruhi, Umar Shamsiyev va Mirjalol Neʼmatov konsert dasturi oʻtkaziladi.
Yorqin chiroqlar, qadrdon xit musiqalar va oʻzgacha atmosfera tubiga shoʻngʻish vaqti keldi.
“Lokomotiv” bogʻi 1−2-3-sentabr kunlari boʻlib oʻtadigan oʻzgacha festivalga taklif qilmoqda.
Moʻjizaviy 1-sentabrda quyidagilar kutmoqda:
- energiyaga boy raqslar;
- hayratlanarli fokuslar;
- dastur mehmoni Mirjalol Ne’matovning yorqin konsert dasturi.
Musiqiy 2-sentabrda:
- “Benom” guruhining takrorlanmas konsert dasturi;
- oʻz ijrosi bilan qalblarga qadar kirib bora olgan Umar Shamsiyevning konsert dasturi;
- zavqli oʻyin-kulgiga boy aura.
Yorqin 3-sentabr esa “Sharq” bogʻining asl goʻzalligidan bahramand boʻlishning ayni vaqti:
- oʻzgacha atmosferada piknik, mazzali taomlar va yoqimli suhbat;
- aqlbovar qilmas fokuslar;
- raqs va oʻyin-kulgi uchun moʻjizaviy maydon.
“Baxtli xaridor” aksiyasida ishtirok etish ham mumkin.
1-sentabrdan 3-sentabrga qadar har 50-mijoz attraksiondan bepul foydalanish imkoniyatini qoʻlga kiritishi mumkin.
“Lokomotiv” bogʻi festivalda barchani kutib qoladi. “Lokomotiv” bogʻi bilan unutilmas lahzani kashf qilish mumkin.
Instagram: @lokomotivpark.uz
Reklama huquqlari asosida.