Shaxsiy tajriba: Samarqandga mashinalarda sayohat 2024
Avtomobilingiz, bir nechta do‘stlaringiz va har biriga bir million so‘mdan pulingiz bo‘lsa, O‘zbekistonda dam olish kunlarini qanday qilib maroqli o‘tkazish mumkin? Ushbu summa ko‘proq yoki kamroq bo‘lishi ham mumkin. "Afisha" muharrirlari ikki tilda o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.
Dam olish kunida qiladigan ishing boʻlmasa, Toshkentda zerikib qolgan boʻlsangiz nima qilish kerak? Samarqandga boring! Shahar jadal rivojlanmoqda, yangi sayyohlik joylari paydo boʻlmoqda, bundan tashqari, poytaxtdan farqli oʻlaroq, bu yerda hatto tungi klublar ham bor.
Biz elektromobillarda sayohat qanchaga tushishi va magistralda ularni quvvatlash bilan bog‘liq vaziyat qanday ekani haqida yozgan edik. Shu bilan birga, so‘nggi ikki yil ichida “Boqiy shahar” etnoparkida qanday yangi va qiziqarli narsalar paydo bo‘lgani haqida ham gaplashdik.
Bugun biz ikki tilda katta videoreportaj taqdim etamiz, unda biz barcha lokatsiyalar bilan boʻlishganmiz va sayohatning moliyaviy natijalarini ham keltirganmiz. Unda siz yo‘llarimiz, Jizzax samsasi, elektromobillarni quvvatlantirish stansiyasi va quvvatlantirish funksiyalari, “Savitsy Plaza” mehmonxonasi nomerlari, “Boqiy shahar” va afsonaviy Samarqand palovini ko‘rishingiz mumkin. Yoqimli tomosha!