Yandex Go Gulistonda ham ish boshladi

E’lon qilingan sana· 813
Yandex Go Gulistonda ham ish boshladi

Yandex Go Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahrida taksi buyurtma qilish servisini ishga tushirdi, deb xabar berdi kompaniya axborot xizmati. Hozirda servis O‘zbekistonning 14 ta shahrini qamrab olgan.

Sayohatning minimal narxi 4000 so‘mdan boshlanadi. Masalan, vokzaldan A. Xo‘jayev nomidagi musiqali drama teatrigacha taksi narxi taxminan 4500 so‘mga tushadi.

Yangi servisdan foydalanish uchun Yandex Go mobil ilovasini App Store yoki Google Play orqali bepul yuklab olish va unda ro‘yxatdan o‘tish kerak. Mashina buyurtma qilish va sayohatni boshlash uchun manzilni ko‘rsatish yoki xarita orqali manzilni belgilash kerak. Ilova avtomobil qachon yetib kelishi va uni qanday topish mumkinligini ko‘rsatadi. Sayohatlarni ilovada bog‘langan karta yoki naqd pul orqali to‘lash mumkin.

Gulistondan tashqari, servis O‘zbekistonning 13 ta shahrida, jumladan Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro, Termiz, Nukus, Qarshi, Urganch va Xivada mavjud.