Mustaqillik bayrami munosabati bilan qo‘shimcha mahalliy aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi

E’lon qilingan sana· 530
Mustaqillik bayrami munosabati bilan qo‘shimcha mahalliy aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan respublika ichidagi bir qancha aviayo‘nalishlarga qo‘shimcha aviaqatnovlar joriy etiladi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” rasmiy sahifasida xabar berildi.

Qo‘shimcha reyslar:

  • Toshkent — Nukus — Toshkent — 30-avgust, 1 va 3-sentabr;
  • Toshkent — Buxoro — Toshkent — 30, 31-avgust va 3-sentabr;
  • Toshkent — Termiz — Toshkent — 31-avgust va 2-sentabr;
  • Toshkent — Farg‘ona — Toshkent — 1-sentabr;
  • Toshkent — Namangan — Toshkent — 2-sentabr;
  • Toshkent — Urganch — Toshkent — 31-avgust va 2-sentabr;
  • Toshkent — Urganch — Toshkent — 1-sentabr;
  • Toshkent — Urganch — Toshkent — 3-sentabr kunlari amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, 31-avgustdan 3-sentabrgacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun 30 foizgacha chegirma taqdim etilishi haqida xabar berilgandi.