Sevara Nazarxon "Oʻzbekiston xalq artisti" unvoni bilan taqdirlandi

E’lon qilingan sana· 174
Sevara Nazarxon "Oʻzbekiston xalq artisti" unvoni bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Mazkur farmon bilan 6 kishi “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlandi:

  • Qo‘ziyev Toir Asqarovich — V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining an’anaviy ijrochilik bo‘limi o‘qituvchisi, sozanda;
  • Nadirova Aygul Bazarbayevna — Nukus davlat pedagogika institutining musiqiy ta’lim kafedrasi dotsenti, xonanda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Nazarxanova Sevara Anvarjanovna — “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi;
  • Umarov Valixan Mirvasilevich — O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri bosh rejissyori;
  • Urinbayev Kamoliddin Turdimuratovich — O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, O‘zbekiston davlat simfonik orkestri badiiy rahbari;
  • Amonqulova Nigina Haydarovna — Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Televideniye va radio qo‘mitasining “Daryo” ansambli xonandasi.

Shuningdek, ushbu farmon bilan Urganch davlat universiteti o‘qituvchisi, maqom xonandasi Matchanov Ochilbek Yo‘ldashboyevich “O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining miniatyura va kitob grafikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, grafik rassom Ziyaxanov Xurshid Djavidovichga “O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni taqdim etildi.

Prezidentning farmoni bilan 3 nafar san’at xodimi “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan unvoni bilan taqdirlandi:

  • Artikova Dilnoza Ilxombayevna — O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati bo‘linmasi raqqosasi;
  • Kabduraxmanov Alibek Asatullayevich — O‘zbekiston davlat filarmoniyasining milliy simfonik orkestri bosh dirijyori;
  • Saidzoda Ozoda Parpiyevna — “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi.

Bundan tashqari, Ilhom Yoʻlchiyev (DJ Piligrim) va Hilola Hamidovalar “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.