Hafta davomida nisbatan salqin ob-havo kuzatiladi
Sinoptiklarning maʼlumotlariga koʻra, Mustaqillik bayrami munosabati bilan dam olish kunlaridan oldin, 26−30-avgust kunlari Toshkentda iliq ob-havo kuzatiladi, ba’zi joylarda yomgʻir yogʻib oʻtishi mumkin.
Dushanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat +33° gacha koʻtariladi. Kechasi havo biroz bulutli bo‘ladi. Harorat +18° gacha tushishi kutilmoqda.
27-avgust kuni ob-havo biroz bulutli bo‘ladi. Harorat +32° gacha koʻtariladi. Shamol janubi-g‘arbdan 12 km/soat tezlikda esadi. Kechqurun yomgʻir yogʻishi kutilmoqda, havo harorati kechasi 20° gacha tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 12 km/soat tezlikda esadi. Yomgʻir yogʻishi ehtimoli — 30%.
Chorshanba kuni tushdan keyin bulutli boʻlishi, keyin esa quyosh chiqishi mumkin. Havo harorati +29° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi biroz bulutli boʻladi, harorat +18° gacha tushadi.
29-avgust kuni kunduzi poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, havo harorati +29° gacha ko‘tariladi. Kechasi biroz bulutli boʻladi, havo harorati +17° gacha tushadi.
Juma kuni tushdan keyin havo biroz bulutli. Harorat +32° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Dam olish kuniga oʻtar kechasi biroz bulutli bo‘lishi mumkin, havo harorati +19° gacha tushishi kutilmoqda.