“Imkoniyatlari cheklangan kishilar uchun aktyorlik studiyasi”ga qabul boshlandi

E’lon qilingan sana· 371
“Imkoniyatlari cheklangan kishilar uchun aktyorlik studiyasi”ga qabul boshlandi

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi FOCUS kinematografiya va teatr san’ati maktabi bilan hamkorlikda “Imkoniyatlari cheklangan kishilar uchun aktyorlik studiyasi” nomli maxsus inklyuziv loyihani ishga tushirdi va unga qabul uchun arizalar qabul qilmoqda. 

Studiya eshitishda muammolari bo‘lgan ishtirokchilarga aktyor kasbi sir-asrorlarini kashf etgan holda san’atning maftunkor olamiga sho‘ng‘ish imkoniyatini taqdim etadi.

Shu singari san’atga oshufta ruhni chiniqtirish amaliyoti alohida ta’limga muhtoj shaxslarga aktyorlik mahoratidan saboq berishda yakka tartibdagi ko‘p ixtisosli yondashuvni ta’minlab, sensomotorika, muloqot, nutq, mustaqillik, maishiy ko‘nikmalar ustida ishlashni o‘z ichiga qamrab oladi.

Ishtirok etish tafsilotlari:

  • Ishtirokchilarning yoshi: 18 +;
  • Guruhdagi ishtirokchilar soni: 10 nafargacha;
  • Muntazamliligi: haftasiga 2 marotaba.

Trening barcha ishtirokchilar uchun bepul.

Darsning ba'zi mavzulari:

  • Aktyorlik asoslari;
  • Sahna harakati;
  • Direktor bilan ishlash;
  • Sherik bilan va jamoada ishlash va boshqalar;

Ma’ruzachi: Yelena Lopatko – aktyorlik mahorati bo‘yicha 45 yillik tajribaga ega ustoz murabbiy, teatr rejissyori, FOCUS kamera teatr studiyasi badiiy rahbari

Maslahatchi: Rano Shodiyeva - Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, "Oʻzbekiston karlar jamiyati Markaziy boshqarmasi" jamoat tashkilotining ishlab chiqarish boʻlimi mutaxassisi

Dastlabki bosqichdagi darslar soni: 10 ta dars.
Dastlabki bosqich dasturining davomiyligi: 5 hafta.

Ushbu anketani toʻldirish orqali ariza topshirish mumkin.

Dastur eshitish muammolari boʻlgan odamlar uchun oʻquv qoʻllanmalari va tavsiyalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.