Dam olish kunlari havo harorati +18° gacha tushadi

E’lon qilingan sana· 212
Dam olish kunlari havo harorati +18° gacha tushadi

Sinoptiklarning xabar berishicha, 24 va 25-avgust kunlari Toshkentda ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi, kechasi havo harorati +18° gacha tushishi kutilmoqda.

Shanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli boʻladi. Harorat +35° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Janubdan shamol g‘arbga o‘zgarib, shimoli-g‘arbdan — 19 km/soat tezlikda esadi. Kechasi havo biroz bulutli boʻladi. Harorat +20° gacha tushishi kutilmoqda.

Yakshanba kuni tushdan keyin havo bulutli bo‘lishi, harorat +33° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shamol shimoldan, shimoli-g‘arbdan — 19 km/soat. Dushanbaga oʻtar kechasi biroz bulutli. Ob-havo maʼlumotlariga koʻra, havo harorati +18° gacha pasayadi. Shamol shimoli-sharqdan 16 km/soat tezlikda esadi.