“Uzbekistan Airways” bir qator xalqaro reyslarga chegirma e’lon qildi

E’lon qilingan sana· 165
“Uzbekistan Airways” bir qator xalqaro reyslarga chegirma e’lon qildi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi “Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida Toshkent va Nukusdan qator xalqaro reyslarga 20 foizli chegirma taqdim etadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Bir kunlik aksiya davomida 22-avgust kuni Toshkentdan Maxachkala, Nyu-York va ortga, Nukusdan Istanbulga va ortga, Urganchdan Moskvaga va ortga qaytuvchi aviaqatnovlar uchun tariflardan 20 foizgacha chegirma qilinadi.

Aksiya faqat bir kun — 22-avgust kuni soat 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi. Chiptalarni kompaniya rasmiy veb-sayti orqali xarid qilish mumkin. Yoʻlovchi va yuk tashish tariflariga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yigʻimlar va to‘lovlar ham o‘rnatiladi. 20 foizli chegirma yig‘imlar, soliqlar va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar uchun amal qilmaydi.