Qoraqalpoq oʻtovi Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi
E’lon qilingan sana: · 209
Bugun, 22-avgust kuni Nukus shahridagi “Oq qush” majmuasida Ginnes rekordlar kitobi sertifikatini topshirish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda Turizm qoʻmitasi xabar berdi.
Nukus shahridagi majmuada barpo etilgan dunyodagi eng katta diametrli qoraqalpoq xalqining milliy qora uyi (o‘tov) Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Ma’lumot uchun, mazkur o‘tovning diametri 40,5 metrni tashkil qiladi.
Avvalroq O‘zbekistondagi birinchi Ginnes sport rekordi rasman qayd etilgani haqida xabar berilgandi.