Sergelida ham gastronomik ko‘cha tashkil etiladi

E’lon qilingan sana· 203
Sergelida ham gastronomik ko‘cha tashkil etiladi

21-avgust kuni Sergeli tumanida tashkil etiladigan gastronomik ko‘cha loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot chog‘ida obodonlashtirish vaqtida daraxtlarga zarar yetkazilmasligi ma’lum qilindi.

Loyiha bilan tadbirkorlar va mehmonlarni Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovning oʻzi tanishtirdi. So‘g‘diyona va Jahonaro ko‘chalari chorrahasida tuman hokimligi binosidan “Fayz” zavodigacha bo‘lgan joyda yangi gastronomik ko‘cha tashkil etish rejalashtirilgan. U “г” shaklida 1200 metr uzunlikda boʻladi.

NOVA24 xabariga ko‘ra, gastronomik va sayyohlik ko‘chasi loyihasi “to‘siqsiz muhit” konseptsiyasi bilan piyodalar uchun imkon qadar qulay bo‘ladi: piyodalar o‘tish joylari ko‘tariladi, avtomobillar tezligini pasaytirish uchun taktil plitkalar qo‘llaniladi va bordyurlar pastroq tushiriladi. So‘g‘diyona ko‘chasida harakat bir tomonlama, lekin ikki tomonlama velosiped yo‘laklari bilan harakatlanadi. Transport va aholiga qulaylik yaratish maqsadida avtoturargohlar maxsus “cho‘ntak"larga joylashtiriladi.

Gastronomik koʻcha loyihasi “САД” studiyasi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.