Foto: dunyoning turli nuqtalarida Moviy superoy koʻrinishi

E’lon qilingan sana· 228
Foto: dunyoning turli nuqtalarida Moviy superoy koʻrinishi

19-avgust kuni yarim tunda diqqatga sazovor astronomik “superoy” va Moviy Oy hodisalari kuzatildi. Ikki hodisaning kombinatsiyasi kamdan-kam uchraydi, keyingi bunday hodisa 2037-yilda boʻlishi kutilmoqda.

Ushbu kunda Oy Yerga maksimal yaqinlashdi va u oddiy to‘lin oydan 14 foiz kattaroq va 30 foiz yorqinroq bo‘ldi. Shu bilan birga, nomidan farqli o‘laroq, Oy tom ma’noda ko‘k rangga kirmaydi. “Moviy oy” — mavsumning uchinchi oyiga berilgan nom.

Ushbu hodisani dunyoning turli nuqtalarida ham kuzatishdi va suratlarga muxrlashdi. Ularning eng yaxshilarini quyida tomosha qilishingiz mumkin.


Foto: EPA

Parijdagi Eyfel minorasi ortida “berkinmachoq” oʻynayotgan superoy


Foto: AP

Rossiyaning Sankt Peterburg shahridagi Ermitaj muzeyi tomiga oʻrnatilgan davlat ramzlaridan biri — ikki boshli burgut haykali ortida turgan katta oy.


Foto: AFP / Getty Images

Ispaniyaning Sevilya shahri uzra Moviy oy.


Foto: Reuters

Germaniyaning Kyoln shahridagi Kyoln sobori ortidan koʻtarilayotgan superoy.


Foto: AP

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi osma dor yoʻli kabinalaridan biri super oybilan “suratga tushishga” ulgurdi.


Foto: EPA

Superoy fonida portugaliyalik erkak oʻzining sevimli mashgʻuloti bilan shugʻullanmoqda.


Foto: AP

Kashmir hududi boʻylab “haqiqiy” Moviy superoy.


Foto: Anadolu Agancy

Iroq. 14 foizga kattaroq koʻringan superoy Ikki minora oʻrtasiga “joylashdi”.


Foto: Reuters

Yaqinda Olimpiadani qabul qilgan Parij asosiy installyatsiyasi va Yerning asosiy “mehmoni”.


Foto: AP

Dunyoning eng baland minorasi — Burj Halifa.


Foto: Reuters

Londonda samolyot superoyni “kesib oʻtmoqda”.


Foto: Reuters

Turkiyaning Istambul shahridagi Galata minorasi.