O‘zbekiston boʻylab umumxalq xayriya hashari sanasi e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 128
O‘zbekiston boʻylab umumxalq xayriya hashari sanasi e'lon qilindi

O‘zbekistonda 24−25 avgust kunlari “Mahalla obod — yurt obod!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu haqda Mahallalar uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hashardan ko‘zlangan maqsad mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar va qabristonlar va boshqa joylarni obodonlashtirishdan iborat.

Ta’kidlanishicha, hasharlar qat’iy ravishda hashar ishtirokchilari ishlayotgan tashkilot hududida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda o‘tkaziladi.

Hasharlar doirasida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ish o‘rinlarini tartibga solish bo‘yicha ishlar olib boriladi, bundan boshqa barcha turdagi jamoat ishlariga, shu jumladan qurilish, ta’mirlash va qishloq xo‘jaligi ishlariga majburiy jalb etish qat’iyan taqiqlanadi.