Qozoq milliy drama teatri O‘zbekiston boʻylab gastrol safari uyushtiradi

E’lon qilingan sana· 166
Qozoq milliy drama teatri O‘zbekiston boʻylab gastrol safari uyushtiradi

2−8 sentyabr kunlari Muxtor Auezov nomidagi Qozoq milliy drama teatri O‘zbekiston bo‘ylab gastrol safarida bo‘ladi. Bu haqda “Газета.uz” xabar berdi.

Toshkentdagi Davlat musiqali komediya (operetta) teatrida tomoshalar 2−4 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 6−8 sentyabr kunlari Qozog‘iston truppasi Nukus shahridagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri sahnasida chiqish qiladi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri va Qozog‘iston milliy drama teatri o‘rtasidagi madaniy hamkorlik memorandumi doirasida gastrollar o‘tkazilmoqda. Operetta teatri birinchi marta Muxtor Auezov nomidagi teatr gastrollarini qabul qiladi.

2−9 sentyabr kunlari gastrollar doirasida “O‘zbekiston va Qozog‘iston teatr san’ati birlashmasi” ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmaga sahnalashtirish ishlari boshlangunga qadar tashrif buyurish mumkin bo‘ladi.

Gastrol dasturi:

Toshkent, Davlat musiqali komediya teatri (operetta), Cho‘ponota, 4A:

  • 2-sentyabr, 19:00 — “Qozi Korpesh — Bayan sulu” (ikki parda (akt)li muhabbat qissasi, muallif — Gabit Musrepov);
  • 3-sentyabr, 19:00 — “Qorqittin kori” (afsona, muallif — Iran-Gayip);
  • 4-sentyabr, 19:00 — “Qirmanbayning to‘yi” (komediya, muallif — Tinimbay Nurmaganbetov).

Nukus, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri, Alakosa, 1:

  • 6-sentyabr, 19:00 — “Qiz-Jibek” (musiqiy drama, muallif — Gabit Musrepov);
  • 7-sentyabrt, 19:00 — “Seviklilaringizdan ajralmang!” (drama, muallif — Aleksandr Volodin);
  • 8-sentyabr, 19:00 — “Sevgi nomi bilan” (drama, muallif — Saule Dosjanova).

Chiptalar teatr kassalarida sotiladi.