Bugun tunda "Superoy" hodisasi kuzatiladi

E’lon qilingan sana· 42 569
Bugun tunda "Superoy" hodisasi kuzatiladi

Bugun, 19-avgust kuni yarim tunda diqqatga sazovor astronomik “superoy” va Moviy Oy hodisalari kuzatiladi. Ikki hodisaning kombinatsiyasi kamdan-kam uchraydi, keyingi bunday hodisa 2037-yilda boʻlishi kutilmoqda.

Ushbu kunda Oy Yerga maksimal yaqinlashadi va u oddiy to‘lin oydan 14 foiz kattaroq va 30 foiz yorqinroq bo‘ladi. Shu bilan birga, nomidan farqli o‘laroq, Oy tom ma’noda ko‘k rangga kirmaydi. “Moviy oy” — mavsumning uchinchi oyiga berilgan nom.

Quyida “Super oy” hodisasini yaxshiroq kuzatish mumkin boʻlgan joylar keltirilgan.