Toshkentda hafta davomida nisbatan salqin havo saqlanib qoladi
Sinoptiklarning xabar berishicha, Toshkentda 19−23-avgust kunlari yog‘ingarchiliksiz oʻtishi, havo harorati kunduzi +35° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Dushanba kuni poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi. Kunduzi havo harorati +32 gacha koʻtariladi. Shamol shimoli-g‘arbdan 17 km/soat tezlikda esadi. Kechasi havo biroz bulutli boʻladi. Harorat +19 gacha tushishi kutilmoqda.
20-avgust kuni havo biroz bulutli bo‘lib, kunning ikkinchi yarmida +34 gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi biroz bulutli, +19 gacha tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 12 km/soat tezlikda esadi.
Chorshanba kuni tushdan keyin Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi. Harorat +34 gacha koʻtariladi. Kechasi havo biroz bulutli boʻladi. Harorat +21 ga tushadi.
22-avgust kuni havo biroz bulutli bo‘lib, kunduzi harorat +35 gacha ko‘tariladi. Kechasi biroz bulutli boʻladi, harorat +21 gacha tushadi.
Juma kuni tushdan keyin havo biroz bulutli boʻlib, harorat +35 gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Shanba kechasi ham biroz bulutli boʻladi. Harorat +21 gacha tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 13 km/soat tezlikda esadi.