O‘zbekiston ovozi ko‘chasini obodonlashtirish konsepsiyasi taqdim etildi

E’lon qilingan sana· 4 508
O‘zbekiston ovozi ko‘chasini obodonlashtirish konsepsiyasi taqdim etildi

16-avgust kuni Respublika bolalar kutubxonasida O‘zbekiston ovozi ko‘chasini obodonlashtirish konsepsiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Loyiha me’morlari “Ludi Architects” byurosi ko‘chaning yangi qiyofasini mahalliy aholi va shahar hokimligi vakillariga taqdim etdi.

Qayd etilishicha, loyiha ko‘chaning turli tarixiy davrlari, jumladan, an’anaviy, modernistik va zamonaviy davrlarning o‘ziga xos talqinidir. O‘ziga xoslik va boy tarixga ega har bir davr obodonlashtirishning konsepsiyasida o‘z ifodasini topgan.

Ta’kidlanishicha, loyihaning mazmuni va tasviriy mohiyati O‘zbekistonning anʼanaviy hunarmandchiligi va madaniy merosiga tayanadi. Ko‘cha dizaynida mahalliy tajriba-sinovlardan ilhomlangan ramziy naqsh va me’moriy bezaklardan foydalanilgan.

Alohida e’tibor Ekopark yonida joylashgan ko‘chaning sharqiy (zamonaviy) qismiga qaratilgan. Ushbu joy kelajak mavzusi bilan bog‘liq bo‘lib, uning dizayni interfaol va ta’lim unsurlari orqali fan, atrof-muhit va fazoga murojaat qiladi.

“Ko‘chalarni obodonlashtirishda asosiy diqqat-e'tibor insonlarga avtomobillardan ko‘ra ustuvorlik berishdir. Loyihada biz piyodalar uchun qulay va xavfsiz muhitni rivojlantiramiz, avtomobil va velosipedlar harakatini oqimlarni chegaralaydigan va aholi uchun to‘siqsiz maydon yaratadigan tarzda ishlab chiqamiz”, — deydi Lyubov Leontyeva, me’mor, “Ludi Architects” byurosi bosh direktori va asoschisi.

O‘zbekiston ovozi ko‘chasini obodonlashtirish konsepsiyasi nafaqat boy madaniy merosning ko‘zgusi, balki o‘ziga xos shahar muhitini rivojlantirish va asrab-avaylashga qaratilgan.

“Toshkentda loyihalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatli tajribaga ega xorijiy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan ushbu konsepsiyaning hayotga tatbiq etilishi poytaxt aholisi va mehmonlari uchun inklyuziv, qulay muhitni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi. Mahalliy aholi ko‘z o‘ngidagi quvonchli intiqliklarni ko‘rib, loyiha ishlab chiquvchilari, poytaxt hokimligi va „Tashkent Invest“ kompaniyasining birgalikdagi intilishlari bizni aholi uchun yanada yaxshi natijalarga yetaklashiga ishonchimiz ortib bormoqda”, — obodonlashtirish loyihasi haqida Toshkent shahri hokimining matbuot kotibi, axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi Gulnoza Qosimova.