Toshkentda VR oʻyinlar oʻynash mumkin boʻlgan 7 ta joy
Vaqtni maroqli oʻtkazish uchun yordam beradigan mashgʻulotlardan biri bu VR oʻyinlardir. Hozirda Toshkent shahrida ham shunday formatdagi oʻyinlar oʻynash mumkin boʻlgan joylar koʻpaygan.
Afisha.uz dam olish kunlari oldidan quyidagi jamlanmada VR-arenalarning yettitasini bir yerga toʻpladi.
“War Station”
Bu muassasada jamoa oʻyinlar oʻynashingiz mumkin. Bundan tashqari, bu yerda bayramlar, korporativ tadbirlar, timbilding va oilaviy dam olishni ham tashkillashtirish mumkin.
Ish vaqti: 11:00 dan 23:00 gacha.
Narxlar (bir kishi uchun):
- ish kunlari soat 11:00 dan 18:00 gacha — 120 000 soʻm;
- ish kunlari soat 18:00 dan 23:00 gacha — 150 000 soʻm;
- dam olish va bayram kunlari 11:00 dan 23:00 gacha — 150 000 soʻm.
Murojaat uchun telefon: (+998) 95−878−5558.
“War Point”
Bu yerda doʻstlaringiz bilan VR-oʻyinlar oʻynashdan tashqari tugʻilgan kunlarni ham tashkillashtirish mumkin. VR-oʻyinlarda 2 nafardan 10 nafargacha ishtirokchi qatnashadi.
Ish vaqti: 11:00 dan 23:00 gacha.
Narxlar:
- ish kunlari — 200 000 soʻm;
- dam olish va bayram kunlari — 300 000 soʻm.
Murojaat uchun telefon: (+998) 90−947−7878, (+998) 71−252−7852.
“VR Point”
1000 metr kvadrat joyda joylashgan ushbu VR maydonida oʻyinni bir vaqtning oʻzida 20 nafargacha boʻlgan jamoangiz bilan oʻynashingiz mumkin.
Ish vaqti: 11:00 dan 23:00 gacha.
Narxlar:
- 20 daqiqa — 50 000 soʻm;
- 60 daqiqa — 150 000 soʻm;
- 10 kishigacha boʻlgan jamoa uchun — 1 500 000 soʻm;
- 20 kishigacha boʻlgan jamoa uchun — 3 000 000 soʻm.
Murojaat uchun telefon: (+998) 99−527−7878, (+998) 55−510−7878.
“Another World”
Bu VR-arenaning Toshkent shahrida ikkita filiali boʻlib, ularning biri Furqat koʻchasida joylashgan boʻlsa, ikkinchisi Fargʻona 28-boshiberk koʻchasida joylashgan.
Ish vaqti: 11:00 dan 23:00 gacha.
Narxlar (Furqat filiali):
- ish kunlari — 150 000 soʻm;
- dam olish va bayram kunlari — 200 000 soʻm.
Narxlar (Fargʻona boshiberk koʻchasidagi filial):
- ish va dam olish kunlari — 150 000 soʻm.
Murojaat uchun telefon: (+998) 97−826−4444.
Fargʻona 28-boshiberk koʻchasi, 8A.
“Zaga Game”
“Zaga Game” bu xalqaro VR-arena hisoblanadi. 10 nafargacha boʻlgan ishtirokchilar yoki oʻz doʻstlaringiz, oila a’zolaringiz bilan ogʻir ish kunidan keyingi vaqtni yoki dam olish kunlarini adrenalinga boy tarzda oʻtkazish imkoniga ega boʻlasiz.
Ish vaqti: 10:00 dan 00:00 gacha.
Narxlar:
- ish kunlari 11:00 dan 00:00 gacha — 150 000 soʻm;
- dam olish kunlari 10:00 dan 00:00 gacha — 150 000 soʻm.
Murojaat uchun telefon: (+998) 93−111−8118.
“Bazz Game”
Bu VR oʻyinlar klubida nafaqat jamoa boʻlib oʻyinlarda ishtirok etishingiz mumkin, balki kompyuter va PlayStation oʻyinlarini ham oʻynashingiz mumkin.
Ish vaqti: 24 soat.
Narxlar (6 kishi uchun):
- bitta oʻyin — 400 000 soʻm.
Murojaat uchun telefon: (+998) 77−704−0333.
“Vertigo VR”
“Next” savdo markazida joylashgan ushbu joy ham virtual reallikka oʻtish uchun vositalardan biri hisoblanadi. Bu yer oʻzingiz yoki jamoangiz bilan borib vaqtni maroqli oʻtkazish uchun ajoyib variant boʻla oladi.
Ish vaqti: 11:00 dan 22:00 gacha.
Narxlar:
- 15 daqiqa — 65 000 soʻm;
- 30 daqiqa — 100 000 soʻm;
- 60 daqiqa — 150 000 soʻm.
Murojaat uchun telefon: (+998) 71−209−0505.