Futzal boʻyicha Jahon chempionati oʻyinlariga chiptalar sotuvga chiqdi

E’lon qilingan sana· 3 693
Futzal boʻyicha Jahon chempionati oʻyinlariga chiptalar sotuvga chiqdi

Futzal bo‘yicha 2024-yilgi FIFA jahon chempionatiga O‘zbekistonning Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlari mezbonlik qiladi. Tarixda 10-bor tashkil etilayotgan musobaqa 14-sentabrdan 6-oktabrgacha davom etadi. Ushbu oʻyinlarga chiptalar sotuvi boshlandi.

Futzal oʻyinlariga chiptalarni futsal2024.uz sayti orqali xarid qilish mumkin. Toʻlovlar mahalliy va xorijiy bank kartalari orqali xarid qilish mumkin.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻzining ilk uchrashuvini 14-sentyabr kuni soat 20:00 da Toshkentdagi Humo arena majmuasida Niderlandiyaga qarshi oʻtkazadi. Ushbu uchrashuvga chiptalar 25 000 — 50 000 soʻmni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, 26-may kuni chempionat guruh bosqichiga qur’a tashlangandi va guruhlar quyidagicha shakllangandi.

Oʻzbekiston terma jamoasi oʻzining barcha uchrashuvlarini Toshkentda oʻtkazadi. Bundan tashqari, uchrashuvlar Buxoro va Andijon sport komplekslarida oʻtkaziladi.