Parij Olimpiadasi ishtirokchilari tantanali kutib olindi (foto, video)

E’lon qilingan sana· 620
Parij Olimpiadasi ishtirokchilari tantanali kutib olindi (foto, video)

12-avgust kuni Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillarini tantali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Toshkent xalqaro aeroportida kutib olingan sportchilar korteji Toshkent shahri boʻylab harakatlandi.

Kortejning soʻngi manzili Milliy Olimpiya qoʻmitasi boʻldi va u yerda gʻolib va sovrindorlarga sovgʻalar, jumladan, pul mukofotlari, uy va avtomobillar topshirildi.

Ma’lumot uchun, oltin medal olgan sportchilarga 200 ming AQSH dollari, Tahoe avtomobili, ikki qavatli kottej sovgʻa qilindi. Kumush medal olganlar sportchilar esa 100 ming dollar, BYD Song Plus EV Champion Flagship avtomobili va xonadonning egasiga aylandi. Bronza medalini qoʻlga kiritgan sportchilarga 50 ming dollar, BYD Song Plus DM-I Champion Flagship avtomobili va xonadon topshirildi.

Oʻzbekistonlik sportchilar Parij Olimpiadasida 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida 13-oʻrinni egallagandi

Foto: Milliy Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.