Toshkentda III xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi oʻtkazilmoqda

E’lon qilingan sana· 223
Toshkentda III xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi oʻtkazilmoqda

10-avgust kuni start berilgan “Toshkent-2024” III xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi 10-sentabrga qadar davom etadi. Ushbu tadbir Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan oʻtkazilmoqda.

Qayd etilishicha, simpoziumda Oʻzbekiston hamda xorijiy davlatlarning haykaltaroshlari tomonidan “Haykaltaroshlik va atrof-muhit” mavzusida toshdan ijod asarlari yaratiladi. Shuningdek, yosh ijodkorlar uchun mahorat darslari, amalish mashg‘ulotlar tashkil etiladi, “ustoz-shogird” an’analari namoyish qilinadi.

Bundan tashqari, simpozium ishtirokchilari uchun Toshkent shahri, Buxoro va Toshkent viloyatlaridagi muzeylar hamda madaniy meros obyektlariga sayohatlar uyushtiriladi.

Ta’kidlanishicha, simpozium davomida yaratilgan betakror badiiy yechimga, g‘oyaga ega bo‘lgan, yuksak estetik talab darajasidagi haykallar Toshkent shahrining madaniy muhiti va badiiy qiyofasini shakllantirish maqsadida istirohat bog‘lari, dam olish zonalari, ko‘ngilochar va sayyohlik maskanlariga, shu bilan birga, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)ga o‘rnatiladi.

Simpozium yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar va gonorarlar topshiriladi.