Toshkent Markaziy (Shimoliy) vokzali faoliyati 16-avgustdan tiklanadi

E’lon qilingan sana· 177
Toshkent Markaziy (Shimoliy) vokzali faoliyati 16-avgustdan tiklanadi

16-avgust sanasidan Toshkent Markaziy (Shimoliy) vokzali o‘z faoliyatini qayta boshlaydi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar qildi.

Toshkent Markaziy vokzalidan qatnovchi mahalliy yo‘nalishlarga sayohatni avvalgidek Toshkent Markaziy vokzalidan davom ettirish mumkin bo‘ladi. Ya’ni yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob”, tezyurar “Sharq”, “Nasaf”, “O‘zbekiston” poyezdlari va “Toshkent-Volgograd-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi poyezdlar avvalgidek Toshkent Markaziy vokzalidan harakatlanadi.

Hozirda Toshkent Markaziy vokzali va To‘qimachi bekatidan harakatlanayotgan shaharlararo Xojikent, Guliston, Angren, Xavast, Bekobod yo‘nalishlaridagi poyezdlar ham 16-avgust sanasidan boshlab Toshkent Janubiy vokzalidan harakatlanadi.

Ma’lumot uchun, 15-iyuldan “To‘qimachi” hamda “Toshkent yo‘lovchi” bekatlari oralig‘idagi temir yo‘lda texnik ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Toshkent-Markaziy (Shimoliy) vokzalidan amalga oshiriluvchi aksariyat poyezdlar Toshkent Janubiy vokzalidan harakatlanayotgandi.