Zomin tumanidagi osma dor yo‘li faoliyati vaqtincha toʻxtatildi
E’lon qilingan sana: · 1 812
12−18 avgust kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylashgan “Zomin” turistik-rekreatsion zonasida faoliyat olib borayotgan osma dor yo‘li faoliyati toʻxtatiladi. Bu haqda Turizm qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, osma dor yoʻli mahalliy va xorijiy sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida bir yilda bir marotaba o‘tkaziladigan profilaktika ishlarini olib borish uchun yopilgan.
Avvalroq Afisha.uz saytida “Oʻzbekistondagi Shveysariya” deya ataladigan Zomin tumani hamda “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi haqida maqola e’lon qilingandi.