Olimpiada ishtirokchilari uchun Toshkent koʻchalari boʻylab kortej tashkil etiladi

E’lon qilingan sana· 546
Olimpiada ishtirokchilari uchun Toshkent koʻchalari boʻylab kortej tashkil etiladi

Parij shahrida boʻlib o‘tgan 2024-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan sportchilar 12-avgust kuni kunning ikkinchi yarmida O‘zbekistonga yetib keladi.

Qayd etilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan, ular Toshkent aeroportida (terminal-3) tantanali tarzda kutib olinadi.

Bundan tashqari, chempionlarni munosib kutib olish maqsadida zarur tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Sportchilar uchun shahar boʻylab aylanadigan kortej tashkil etiladi. Quyida esa yo‘nalish manzillari keltirilgan.

Yuqorida doira shaklida belgilangan nuqtalarda esa muxlislar xavfsizlik chora-tadbirlariga qat’iy rioya qilgan holda chempionlarni g‘alaba bilan qutlashi mumkin boʻladi.

Ma’lumot uchun, oʻzbekistonlik sportchilar Parij Olimpiadasida 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida 13-oʻrinni egalladi.