Silk Avia mahalliy reyslar uchun 15% chegirma e’lon qildi

E’lon qilingan sana· 210
Silk Avia mahalliy reyslar uchun 15% chegirma e’lon qildi

“Silk Avia” aviakompaniyasi Mustaqillik bayrami munosabati bilan 15%gacha chegirma e’lon qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Chegirma 31-avgustdan 3-sentabrgacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy yoʻnalishdagi aviaqatnovlar uchun taqdim etiladi.

Chiptalarni 9-avgustdan 3-sentabrgacha silk-avia.com saytida, ilovada, mamlakatning barcha xalqaro aeroportlarida xarid qilish mumkin.

Avvalroq “Uzbekistan Airways” mahalliy reyslarga 30 foiz chegirma e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.