Kuzda Toshkentda Xalqaro teatr festivali boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 280
Kuzda Toshkentda Xalqaro teatr festivali boʻlib oʻtadi

Kuz mavsumida O‘zbekiston teatrlarining mashhur sayyor sahna asarlari va spektakllarini birlashtirgan Xalqaro teatr festivali boʻlib oʻtadi. Tadbir Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan tashkil etiladi.

Festivalning ochilishida 4-oktyabr kuni Oʻzbekiston milliy akademik drama teatrida rejissyor Aleksandr Marin tomonidan sahnalashtirilgan “Eynshteyn va Margarita” spektakli namoyish etiladi. Kseniya Rappoport va Aleksey Serebryakov muhabbat va atom bombasi haqidagi qissani taqdim etadilar.

7-oktyabrda Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida rejissyor Sergey Sotnikovning Darya Moroz, Yevgeniy Tsyganov hamda bastakor va dirijyor Pyotr Dranga ishtirokida “Meni sevishingni ayt” spektakl-konserti bo‘lib o‘tadi. 9-oktabr kuni esa Rossiya akademik yoshlar teatrining Florian Zeller pyesasi asosidagi Yuriy Butusov rahbarligidagi “O‘g‘il” spektakli tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.

Shuningdek, festival dasturidan Toshkent teatrlarining “Afandining besh xotini”, Abdulla Qodiriy hikoyalari asosidagi “Adibni tinglang” va Hamza pyesasi asosida sahnalashtirilgan “Masxarabozlar ishi” spektakllari o‘rin olgan.

Tez orada chiptalar sotuvga chiqadi.