Futzal boʻyicha Jahon chempionati rasmiy timsoli e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 206
Futzal boʻyicha Jahon chempionati rasmiy timsoli e'lon qilindi

Oʻzbekiston mezbonlik qiladigan Futzal boʻyicha Jahon chempionati rasmiy timsoli Xon ismli Turon yoʻlbarsi boʻladi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Turon yoʻlbarsi kuch-qudrat va jasorat timsoli hisoblanadi. “O‘ziga xos mahorat bilan chaqqon harakat qilishi va uning yuqori tezligi mazkur timsolni futzal sport turi bilan bogʻlaydi”, deyiladi xabarda.

Oʻrta Osiyoning yoʻqotilgan boyligi deya ta’riflanadigan Turon yoʻlbarsini Jahon chempionati timsoli deya e’lon qilinishi butun dunyoni hayvonot dunyosini muhofaza qilishga undashi alohida qayd etilgan.