"Uzbekistan Airways" mahalliy reyslarga 30 foiz chegirma e’lon qildi

E’lon qilingan sana· 121
"Uzbekistan Airways" mahalliy reyslarga 30 foiz chegirma e’lon qildi

“Uzbekistan Airways” Mustaqilliy bayrami munosabati bilan 31-avgustdan 3-sentabrgacha barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun chipta tariflaridan 30 foiz chegirma e’lon qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Chegirmali aviachiptalarni booking.uzairways.com sayti, kompaniya ilovasi va agentlari, Uzbekistan Airways Sales filialidan xarid qilish mumkin.

Yo‘lovchi va yuk tashish tariflariga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlar ham o‘rnatiladi. Ularga 30 foizlik chegirma amal qilmaydi, deya aniqlashtirdi aviakompaniya.