Yumshoq penal va Oʻrgimchak odamlik ryukzaklar: oʻzbekistonliklar oʻquv yili arafasida qanday tovarlarni tanlashmoqda
Uzum Market tahlilchilari milliy marketpleysda maktab uchun tovarlarga boʻlgan talabni tahlil qilishdi.
Maktab mavsumi uchun ota-onalar oldindan tayyorgarlik koʻrishni boshlaydilar. Shu bilan birga, oʻzbekistonliklar maktab uchun zarur boʻlgan barcha tovarlarni onlayndan tobora koʻproq xarid qilmoqdalar — iyul oyida Uzum Market`da kanselyariya buyumlariga boʻlgan talab yillik taqqoslashda 25 foizga oshdi. Iyul oyida ryukzaklarga boʻlgan talab 51 foizga, daftarlar, kundaliklar, chizish uchun albomlarga boʻlgan talab 57 foizga oshdi va penllar savdosi esa undanda tezroq oʻsmoqda — oʻtgan yilga nisbatan 2,5 baravarga.
Bolani maktabga yigʻishda ota-onalar foydali takliflarni afzal koʻrishadi. Shunday qilib, Uzum Market`da ryukzaklar orasida sotuvlarning mutlaq xiti oʻrnini toʻplam egalladi — unda ryukzakning oʻzi, shuningdek, shopper va ikki oʻlchamdagi penallar bor.
Yosh oʻquvchilar uchun sevimli multfilm qahramonlari boʻlgan sumkalar va ryukzaklar tanlanmoqda. Eng mashhurlari Oʻrgimchak odam, Batman, Garri Potter, Roblox, Among US oʻyinining qahramonlari, shuningdek Hello Kitty tasvirlari boʻlgan sumkalar boʻldi. Katta yoshdagi oʻquvchilar bir tusdagi brelok va talaba gadjetlarni zaryadlab olishi uchun USB ulash uchun joylari boʻlgan ryukzakni koʻproq tanlagan.
Penallar orasida koʻpincha bir nechta boʻlimlari boʻlgan kengrogʻini tanlashadi. 2024 yil qizlar orasida yoqimli naqshli yumshoq penallar juda mashhur, oʻgʻil bolalar esa sevimli sport turlari bilan qalam qutilarini tanlashmoqda.
Kanselyariya mollari va ryukzaklardan tashqari, ota-onalar maktab formasiga ham onlayn buyurtma berishmoqda. Marketpleyslar bir nechta oʻlchamlarga buyurtma berish, kiyib koʻrish va tarqatish punktida mos keladiganini olib qolish imkonini beradi. Shunday qilib, iyul oyida Uzum Market`da maktab formasiga talab oʻtgan yilga nisbatan ikki baravar oshdi.
“Butun mamlakat boʻylab ota-onalar Uzum Market maktabga tayyorgarlik koʻrish uchun tobora ommalashib borayotgan platformaga aylanib bormoqda, masalan, Rishton, Nurafshon va Guliston shaharlari maktab oʻquvchilari uchun tovarlarga boʻlgan talabning oʻsish tempi boʻyicha yetakchilar boʻldi. Ota-onalar uchun platformani tanlashda nafaqat arzon narxlar va tanlovning kengligi, balki Uzum Nasiya orqali muddatli toʻlov imkoniyati ham muhim boʻlib qolmoqda, bu ayniqsa bir vaqtning oʻzida bir nechta maktab oʻquvchilari boʻlgan oilalar uchun ayni damda boʻladi”, — dedi Uzum Market bosh direktori oʻrinbosari Akmal Rahimov.
Oʻquv yili arafasida milliy marketpleysda “Maktab bozori” katta savdosi boshlandi. Unda forma, ryukzak, oʻqish uchun zarur boʻlgan barcha narsalarga 70% gacha chegirmalar bilan sotila boshladi.
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: xaridlar chek-listi
Tayyorgarlik jarayonini iloji boricha yengil o‘tishi uchun Uzum Market o‘quvchilar uchun zarur boʻlgan barcha kerakli narsalar: kanselyariya tovarlaridan tortib kiyim-kechak va aksessuarlargacha unumli narxlarda chek-listni tayyorladi.
Kerakli tovarlar roʻyxati oʻquvchining yoshiga va ba'zan maktabga qarab farq qilishi mumkin.
Oʻquv uchun kerakli materiallar:
- ryukzak, penal, daftarlar (chiziq va katakchada), kundalik, daftarlar va darsliklar uchun muqovalar, qogʻoz papkalari, ruchkalar (koʻk, yashil, qizil), qalamlar (oddiy va rangli), o‘chirg‘ich, qalam ochadigan asbob, сhizg‘ich, rangli flomaster yoki markerlar, qaychi, yelim, kitoblar uchun xatchoʻplar.
Kiyim va poyabzal:
Shaxsiy buyumlar
Qo‘shimcha:
- badiiy adabiyot, husnixat uchun mashqlar (boshlangʻich maktab uchun).
Reklama huquqlari asosida.