Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi vaqtincha yopildi
E’lon qilingan sana: · 76
Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyining ekspozitsiyasini rekonstruksiya qilish va binoning fasad qismini ta’mirlash ishlari sababli muzey tashrif buyuruvchilar uchun vaqtincha yopilgan. Bu haqda muzey ma’muriyati xabar bergan.
Qayd etilishicha, rekonstruksiya ishlari yakunlanganidan soʻng muzey yangi ekspozitsiya bilan oʻz faoliyatini davom ettiradi. Ammo muzey ochilishining aniq sanasi ma’lum qilinmagan.