Dam olish kunlari havo issiq boʻladi
Juma va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 2−7 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 8−10 m/s gacha kuchayadi. Harorat asosan kechalari +24…+26, kunduz kunlari +37…+39 daraja bo‘ladi.
Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda va Toshkent viloyatining ayrim tog‘li hududlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Ushbu kunlarda havo harorati asosan kunduz kunlari +34…+39 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +40…+42 darajagacha bo‘ladi. Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.