O‘zbekistonda 1 porsiya oshning o‘rtacha narxlari e’lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 180
Statistika agentligi hududlardagi 1 porsiya palovning iyul oyidagi o‘rtacha narxlarini e‘lon qildi.
Unga koʻra, eng qimmat osh Toshkent shahrida boʻlib, uning narxi 30 400 soʻmni tashkil qiladi. Eng arzon oshni esa Namangan viloyatidan 20 000 soʻmga sotib olish mumkin. 2024-yil iyul oyida viloyatlarda palovning o‘rtacha narxi quyidagicha shakllangan:
- Qoraqalpog‘iston R. — 24 300 so‘m;
- Andijon viloyati — 25 800 so‘m;
- Buxoro viloyati — 29 000 so‘m;
- Jizzax viloyati — 26 100 so‘m;
- Qashqadaryo viloyati — 28 100 so‘m;
- Navoiy viloyati — 24 600 so‘m;
- Namangan viloyati — 20 000 so‘m;
- Samarqand viloyati — 27 800 so‘m;
- Surxondaryo viloyati — 27 100 so‘m;
- Sirdaryo viloyati — 23 600 so‘m;
- Toshkent viloyati — 25 700 so‘m;
- Farg‘ona viloyati — 23 800 so‘m;
- Xorazm viloyati — 28 300 so‘m;
- Toshkent shahri — 30 400 so‘m.
Ma‘lumot uchun, Mazkur statistika shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari) dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.