Toshkent – Chorvoq avtobus qatnovi soni ko‘paytirildi
E’lon qilingan sana: · 864
Toshkent shahridan Bo‘stonliq tumaniga (“Chorvoq” erkin turistik zonasiga) grafik asosida harakatlanuvchi mavsumiy avtobuslar qatnovi ko‘paytirildi.
Endilikda avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 8:00, 09:00, 11:00 va 16:30 da jo‘naydi.
Chorvoqdan (Humson) esa 6:00, 16:00, 18:00 va 19:00 harakatlanadi. Qatnovlar “Uzautotrans service” korxonasining YUTONG avtobuslarida amalga oshirilmoqda.
Yo‘lkira narxi — 20 000 so‘m.