Dam olish kunlari bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 6 100
Dam olish kunlari bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda

20−21 iyul kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda mahalliy xususiyatga ega bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Havo harorati o‘tgan ish haftasiga nisbatan biroz yuqori bo‘lib, +34…+39 darajani tashkil etadi, janubda ba’zi joylarda +40…+41 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.

Shamol 7−12 metr/sekund tezlikda esadi, 13−18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Toshkent shahrida juma va dam olish kunlari havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5−10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +22…+24, kunduzi +35…+38 daraja bo‘ladi.