“Do‘stlik” bog‘ini rekonstruksiya qilish loyihasi e’lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 1 510
“BMP Smart Decision Management” kompaniyasi vakillari yangilanayotgan “Do‘stlik” bog‘ining batafsil loyihasini taqdim etdi.
Sobiq “Bobur” istirohat bog‘ida katta charxpalak (Ferris gʻildiragi) o‘rnatish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, raqs maydonchasi, skeyt-park va aviariy — qushlar va tabiiy landshaft boʻladigan katta qushxona qurish rejalashtirilgan.
“BMP Smart Decision Management” direktori Otabek Mirzajonovning ta’kidlashicha, bog‘ning aksariyat qismi shunchaki obodonlashtiriladi.
Shuningdek, u rekonstruksiya Seul va “Sietl” bog‘lari hamda Tinchlik qo‘ng‘irog‘iga ta’sir qilmasligini aytdi.