Qo‘qonda "Yandex Go" ovqat yetkazib berish xizmati ishga tushdi
Endi Qo‘qonda Yandex Go ilovasi orqali yetkazib berish xizmatidan foydalanib restoranlardan tayyor ovqatlarni uyga yoki ofisga buyurtma berish mumkin.
Ta’kidlanishicha, foydalanuvchilar uchun taxminan 50 ta restoran xizmatga ulangan. Hamkorlar soni doimiy ravishda oshib boradi, bu esa mavjud taomlar tanlovini kengaytiradi.
Xizmatning ishga tushirilishi munosabati bilan Qo‘qon shahri aholisiga uch oy davomida bepul yetkazib berish taklif etiladi, shuningdek, dasturdagi birinchi buyurtma uchun 30 000 so‘mlik chegirma uchun EATS30 promokodidan foydalanish imkoniyati beriladi.
“Biz uchun turli shaharlarda yaxshi xizmat va keng taomlar tanloviga ega bo‘lish muhimdir. Restoranlar esa ko‘proq mijozlarni jalb qilishlari mumkin. Qo‘qonda yetkazib berish bo‘yicha yuqori talabni ko‘rib, biz ushbu yechimlarimizni taklif qilishdan mamnunmiz, shunda barchaga qulaylik yaratish mumkin”, — deya ta’kidladi Yandex Eats kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori Stanislav Datsko.
Mavjud restoranlar ro‘yxati buyurtma manziliga qarab moslashtiriladi: foydalanuvchi avval yaqin atrofdagi joylarni ko‘radi. Buyurtma holatini barcha bosqichlarda kuzatish mumkin — ilova buyurtmaning tayyor ekanligi va yetkazib beruvchining qayerda ekanini ko‘rsatadi.
Shuningdek, xizmatda 24 soat davomida qo‘llab-quvvatlash xizmati mavjud. Agar foydalanuvchi savol bermoqchi yoki fikr bildirmoqchi bo‘lsa, u qo‘llab-quvvatlash xizmatiga ilova orqali murojaat qilishi mumkin.
To‘lovni ilovaga ulangan bank kartasi yoki buyurtmani qabul qilishda naqd pul bilan amalga oshirish mumkin.