Toshkentda sakkizta avtobus yoʻnalishi oʻzgardi

E’lon qilingan sana· 1 957
Toshkentda sakkizta avtobus yoʻnalishi oʻzgardi

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi yo‘l o‘tkazgich rekonstruksiya qilinayotgani sababli Buyuk Ipak yo‘li va Temur Malik ko‘chalarining ayrim qismlari transport harakati uchun yopilgandi. “Toshshahartransxizmat” bu koʻchalardan oʻtuvchi avtobuslarning oʻzgargan yoʻnalishlarini e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, Rekonstruksiya sababli Temur Malik-Bogʻishamol koʻchalari chorrahasidan Temur Malik koʻchasi boʻylab, Temur Malik-Sultoniya koʻchalari chorrahasigacha, Temur Malik-Buyuk Ipak yoʻli koʻchalari chorrahasidan Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi boʻylab, Buyuk Ipak yoʻli-Shukur Burxonov koʻchalari chorrahasigacha transport harakati toʻxtatilgan.

Qayd etilishicha, mazkur koʻchalar orqali harakatlanuvchi 1, 16, 24, 101, 199, 49, 128 va 149-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati vaqtincha quyida ko‘rsatilgan chizma asosida tashkil etiladi.