Buyuk Ipak yo‘li va Temur Malik ko‘chalarining ayrim qismlari yopildi

E’lon qilingan sana· 2 670
Buyuk Ipak yo‘li va Temur Malik ko‘chalarining ayrim qismlari yopildi

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi yo‘l o‘tkazgich rekonstruksiya qilinayotgani sababli Buyuk Ipak yo‘li va Temur Malik ko‘chalarining ayrim qismlari transport harakati uchun yopildi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Rekonstruksiya sababli Temur Malik-Bogʻishamol koʻchalari chorrahasidan Temur Malik koʻchasi boʻylab, Temur Malik-Sultoniya koʻchalari chorrahasigacha, Temur Malik-Buyuk Ipak yoʻli koʻchalari chorrahasidan Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi boʻylab, Buyuk Ipak yoʻli-Shukur Burxonov koʻchalari chorrahasigacha transport harakati toʻxtatiladi.

Xaritada yopilgan hududlarni aylanib oʻtish yoʻllari.

Bu hududlarda transport harakati qachon tiklanishi aniqlanmagan. No1, 16, 24, 49, 101, 128, 149 va 199-avtobuslar, shuningdek, mikroavtobuslar uchun harakatlanish sxemalari eʼlon qilinmagan.