Hafta davomida havo isib boradi

E’lon qilingan sana· 482
Hafta davomida havo isib boradi

Sinoptiklarning prognozlariga koʻra, 15-iyuldan 19-iyulgacha Toshkentda havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda.

15-iyul kuni havo biroz bulutli bo‘lib, havo harorati +33° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shamol janubi-g‘arbdan 19 km/soat tezlikda esadi. Kechasi havo biroz bulutli, harorat +23° gacha tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 15 km/soat tezlikda esadi.

Seshanba kuni kunduzi biroz bulutli boʻladi, harorat +35° gacha koʻtariladi. Kechasi ham havo biroz bulutli bo‘ladi, havo harorati +23° gacha tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 12 km/soat tezlikda esadi.

17-iyul kuni poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, harorat +36° gradusgacha ko‘tariladi. Havoning biroz bulutli boʻlishi, kechasi +24° ga tushishi kutilmoqda. Shamol shimoli-sharqdan 14 km/soat tezlikda esadi.

Payshanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, havo harorati +36° gacha ko‘tariladi. Shamol tezligi 17 km/soat boʻladi. Kechasi havo harorati +24° gacha tushishi kutilmoqda. Shamol shimoli-sharqdan 13 km/soat tezlikda esadi.

19-iyul kuni kunduzi Toshkentda havo biroz bulutli bo‘lib, +34° gacha ko‘tariladi. Shamol 17 km/soat tezlikda esadi. Shanba kuni kechqurun havo biroz bulutli boʻlishi va havo harorati +23° gacha tushishi kutilmoqda. Shamol shimoli-sharqdan 12 km/soat tezlikda esadi.