Gitara, skripka, baraban va vokal: Toshkentdagi 6 ta musiqa maktabi

E’lon qilingan sana· 270
Gitara, skripka, baraban va vokal: Toshkentdagi 6 ta musiqa maktabi

Har bir odam bolaligida har xil orzular qiladi. Odatda navbatchi orzular qatorida astronom yoki futbolchi boʻlishdan tashqari musiqachi boʻlish ham oʻrin oladi. Maktabda deyarli barchamizning kamida bir nafar sinfdoshi musiqa maktabiga qatnaydi. Yoki oʻsha sinfdosh bu — siz.

Katta boʻlgandan keyin esa oʻqish, ish va yana boshqa sabablar bilan bolalikdagi orzular odamning yodidan koʻtariladi. Ammo hozirda Toshkentda sizning grafigingizga moslashishi mumkin boʻlgan musiqa maktablari yetarlicha. Demak, bolalikdagi orzu unchalik ham uzoqda emas.

Afisha.uz ushbu maqolada Toshkentdagi 6 ta musiqa maktabini bir yerga yigʻdi.

“Cosmo” Music Studio

Ushbu musiqa maktabi boshqalaridan didjeylikni oʻrgatishi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, maktabda bir qator musiqa asboblari hamda vokal bilan shugʻullanish mumkin.

Narxlar maktab bilan kelishgan holda individual belgilanadi.

Murojaat uchun telefon: (+998) 99−180−3161.

Manzil: Shahrisabz koʻchasi, 21A.


“Tay” Music School

Ushbu musiqa maktabida gitaradan tortib fortepianogacha musiqiy qiziqishlaringizni ifodalashi mumkin boʻlgan barcha asboblar mavjud. Ularni barchasini oʻrganish uchun maktabga murojaat qilish yetarli.

Narxlar:

  • sinov darsi — 80 000 soʻm;
  • abonementsiz bitta dars — 170 000 soʻm;
  • bir oyda 4 ta dars — 600 000 soʻm;
  • bir oyda 8 ta dars — 1 200 000 soʻm;
  • bir oyda 12 ta dars — 1 800 000 soʻm.

Murojaat uchun telefon: (+998) 90−320−3363.

Manzil.


“T-Maj”

“T-Maj” xalqaro musiqa maktabi boʻlib, Toshkentda ham oʻz filialini ochgan. Bu yerda rok va jaz musiqasini oʻrganish mumkin. Maktabning Instagram sahifasida yozilishicha, darslarda 20 foiz nazariya hamda 80 foiz amaliyot boʻladi.

Narxlar:

bir oyda oʻqituvchi bilan 8 ta dars, 8 ta repetitsiya: 1 190 000 soʻm;

Murojaat uchun telefon: (+998) 78−113−8288.

Glinka koʻchasi, 29.


“VOX” Creative Center

“Har bir odamda ovoz bor!” — maktabning shiori hisoblanadi. Ushbu maktabda 4 ta turdagi musiqa asbobi va vokal boʻyicha darslarda ishtirok etish mumkin.

Narxlar:

  • klavish — 800 000 soʻmdan 1 600 000 soʻmgacha;
  • gitara — 800 000 soʻmdan 1 600 000 soʻmgacha;
  • skripka — 800 000 soʻmdan 1 600 000 soʻmgacha;
  • baraban — 800 000 soʻmdan 1 600 000 soʻmgacha;
  • vokal — 800 000 soʻmdan 1 600 000 soʻmgacha.

Murojaat uchun telefon: (+998) 90−138−3339.

Manzil: Oybek koʻchasi, 65.


“СЦЕНА”

Bu yerda musiqiy asboblar doʻkonidan tashqari, ularni oʻrganish hamda vokal bilan shugʻullanish mumkin. Maktabda uch oy ichida noldan kichik konsertlar berish darajasigacha chiqishingiz mumkin, deyiladi “СЦЕНА” Instagram sahifasida.

Narxlar bepul sinov darsidan soʻng belgilanadi.

Murojaat uchun telefon: (+998) 93−877−8181.

Manzil: Amir Temur, 30.


“Pro” Music Studio

Ushbu musiqa maktabi oʻquvchilarga vokal, baraban va gitaradan dars beradi.

Narxlar:

  • sinov darsi — tekin;
  • bitta dars — 200 000 soʻm;
  • 8 ta darslik abonement — 1 200 000 soʻm.

Murojaat uchun telefon: (+998) 95−901−8093.

Manzil: Mavlono Riyoziy koʻchasi, 6/7.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov