Hafta davomida Toshkentda havo harorati 38 darajagacha koʻtariladi

E’lon qilingan sana· 388
Hafta davomida Toshkentda havo harorati 38 darajagacha koʻtariladi

“Oʻzgidromet” agentligi 8−12-iyul kunlari Oʻzbekistonda kuzatiladigan havo harorati haqida ma’lumot e’lon qildi.

Unga koʻra, Toshkentda 8-iyul kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, shamol 12−14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33−35 daraja bo‘ladi. 9−12-iyul kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 35−38 daraja bo‘ladi.

8-iyul kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yoz faslining o‘rtasi uchun 32−35 gradus, janubda va cho‘l hududlarda 38−40 darajagacha bo‘lgan qulay harorat kuzatiladi. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumikn.

9-iyul kuni havo harorati ko‘tarila boshlaydi va ish haftasining oxirigacha 35−39 daraja atrofida, janubda 42 gradusgacha bo‘ladi. Ushbu davrda yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi.

Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Respublikaning tog‘li hududlarida 8−12-iyul kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

8−9-iyulda Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona vilotlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ