Parij-2024. Oʻzbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari ma'lum boʻldi
E’lon qilingan sana: · 359
Oʻzbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi bayroqdorlari maʼlum qilindi.
Parijda boʻlib oʻtadigan Olimpiya oʻyinlari ochilish marosimida Oʻzbekiston delegatsiyasini boks boʻyicha jahon chempioni Abdumalik Xalokov hamda qilichbozlik boʻyicha Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlarining oltin va bronza medallari sohibi Zaynab Dayibekova boshlab tushadi.
Eslatib oʻtamiz, Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida bokschi Bahodir Jalolov va taekvondochi Nigora Tursunqulova bayroqdor boʻlgandi.