Toshkentda hafta davomida ochiq va issiq havo bo‘lishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 76
Toshkentda hafta davomida ochiq va issiq havo bo‘lishi kutilmoqda

Sinoptiklarning maʼlumotlariga koʻra, iyul oyining birinchi ish haftasida Toshkentda havo ochiq va yogʻingarchiliksiz issiq boʻlishi kutilmoqda.

1 -iyul kuni kunduzi biroz bulutli bo‘ladi, havo harorati +32° gacha ko‘tariladi. Shamol tezligi 18 km/soat. Kechasi havo biroz bulutli boʻlib, +19° gacha tushadi.

Seshanba kuni biroz bulutli boʻladi va harorat +32° gacha koʻtariladi. Shamol 14 km/soat tezlikda esadi. Chorshanba kechasi ham biroz bulutli boʻladi. +19° gacha tushadi. Shamol shimoldan, shimoli-sharqdan — 14 km/soat tezlikda esa.

3-iyul kuni poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi. Harorat +36 ° gacha koʻtariladi. Kechasi havo biroz bulutli boʻladi. Harorat +21° gacha tushishi kutilmoqda. Shamol shimoli-sharqdan 14 km/soat tezlikda esadi.

Eng yuqori harorat payshanba kuni tushdan keyin kuzatilishi kutilmoqda — +38° gacha. Kechasi biroz bulutli , harorat +22° gacha tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 13 km/soat tezlikda esadi.

5-iyul kuni havo biroz bulutli bo‘lib, havo harorati +37° gacha ko‘tariladi. Shanba kuni kechasi biroz bulutli boʻladi, havo harorati +22° gacha tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 17 km/soat tezlikda esadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ