Yandex Go taksi xizmati endi Urganch va Xivada ham bor

E’lon qilingan sana· 427
Yandex Go taksi xizmati endi Urganch va Xivada ham bor

Yandex Go taksi xizmati Urganch va Xivada ham faoliyat yuritadi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati Afisha.uz`ga xabar bermoqda.

Foydalanuvchilar boradigan manzilini kiritish va tegishli tarifni tanlash orqali mobil ilova orqali osongina taksi bron qilishlari mumkin. Ilovada avtomobilning yetib kelish vaqti, haydovchi va avtomobil modeli haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan. Sayohatlar uchun naqd pulda yoki ilovaga bogʻlangan karta yordamida toʻlash mumkin.

Xiva va Urganchga sayohatning minimal narxi 2500 soʻmdan boshlanadi.

Ilgari ushbu xizmat Termiz shahrida ishga tushirilgan boʻlib, Toshkent, Namangan, Andijon, Fargʻona, Qoʻqon, Samarqand, Buxoro, Margʻilon, Nukus va Qarshi kabi shaharlarda ham mavjud.