Uzum ICT4Girls dasturlash olimpiadasining respublika bosqichida hamkorlik qildi

E’lon qilingan sana· 1 623
Uzum ICT4Girls dasturlash olimpiadasining respublika bosqichida hamkorlik qildi

Milliy raqamli ekotizim olimpiadaning 12 g‘olibiga planshet va noutbuklar topshirdi.

Dasturlash olimpiadasining respublika bosqichi g‘oliblari, mamlakatning turli hududlaridan bo‘lgan 12 nafar qiz Uzum milliy raqamli ekotizimidan planshet va noutbuklarni oldi.

Olimpiadada mamlakat bo‘ylab jami 242 nafar qiz ishtirok etdi, tanlov davomida ular C++ yoki Python dasturlash tillarida muammolarni hal qilishdi. Birinchi bosqich yakunlari bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagan 45 nafar ishtirokchi olimpiadaning respublika bosqichiga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ushbu bosqichning 12 nafar g‘olibi trening-butkemp o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldi, uning yakunlariga ko‘ra, ulardan to‘rt nafari joriy yilning iyul oyida Niderlandiyada bo‘lib o‘tadigan qizlar o‘rtasida informatika bo‘yicha Yevropa olimpiadasida (European Girls' Olympiad in Informatics), O‘zbekistonni taqdim etadi.

“Bizning maqsadimiz qizlarga IT-sohasida rivojlanish imkoniyatini berish, texnologiya va rivojlanish sohasida kasb-hunar egallashga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlashdir. Olimpiada — bu butun mamlakat bo‘ylab qizlar uchun o‘zini ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyat va biz hamkorlarimizga yosh isteʼdodlarni qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz”, — dedi Muxlisa Xudayberganova, ITga iqtidorli yoshlarni jalb qilish boshqarmasi boshlig‘i.

“IT-sohasi butun mamlakat bo‘ylab yosh mutaxassislar uchun noyob imkoniyatlar yaratmoqda va biz O‘zbekistonning yetakchi raqamli ekotizimi sifatida IT-taʼlimni rivojlantirish va ommalashtirishni faol qo‘llab-quvvatlaymiz. Ishonchim komilki, ICT4Girls ishtirokchilari O‘zbekistonni Yevropa bosqichida munosib taqdim etishadi, ehtimol ularning orasida biz bilan birgalikda Узум ekotizimini rivojlantirishimiz mumkin bo‘lgan bo‘lajak hamkasblarimiz ham bor”, — o‘rtoqlashdi Uzum tashqi kommunikatsiyalar va ijtimoiy loyihalar direktori Mariya Skorik.

ICT4Girls olimpiadasini maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Amiti universiteti va Uzum bilan hamkorlikda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi tashkil etdi.

Instagram: @uzum.market

Reklama huquqlari asosida.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ