Toshkent aeroportida “Terminal” restorani ochildi
Toshkent xalqaro aeroportining jo‘nab ketish zalining o‘ng tomonidagi yo‘l o‘tkazgich ostida “Terminal” restorani ochildi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
Ma’lumotga koʻra, 2023-yilda uzoq vaqtdan beri “Jum” brendi ostida faoliyat yuritgan kafe egasi alishgan edi. E-auksion.uz platformasidagi savdolar yakunlariga ko‘ra, “Airpit Services” kompaniyasi g‘olib deb topilgan. Ijarachi bir necha oy davom etgan rekonstruksiya ishlarini amalga oshirib “Terminal” deb nomlangan yangi ovqatlanish shoxobchasini ishga tushirdi.
“Biz restoran uchun zamonaviy konseptual dizaynni ishlab chiqdik va uni „Mazali taomlar Terminali“ deb nomladik. Restoran ichi ochiq ranglarda ishlangan, panorama oynali terassa, aviatsiya mavzusidagi aksessuarlar va dizayn yechimlari. Restoran menyusini tuzishda turli mamlakatlar odamlarning xohishlarini va turli narx segmentlarini hisobga olishga harakat qildik. Restoranda milliy va Yevropa taomlari, tez tayyorlanadigan taomlar, biznes tushliklari taklif etiladi. Ushbu konseptsiya yoʻlovchilar, kutib oluvchi va kuzatuvchilar, shuningdek, aeroport xodimlari uchun qulay boʻladi”, — deya qayd etdi “Airpit Services” kompaniyasi vakillari.
Iyul oyi o‘rtalariga qadar terminal har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha test rejimida ishlaydi. Keyinchalik restoran, aeroportdagi barcha savdo nuqtalari singari, 24 soatlik ish rejimiga oʻtadi.