"Ovoz" loyihasi ishtirokchilarining qoʻshiqlari Yandex Music'ga joylandi

E’lon qilingan sana· 3 041
"Ovoz" loyihasi ishtirokchilarining qoʻshiqlari Yandex Music'ga joylandi

“Zoʻr TV” telekanalida efirga uzatilayotgan “Ovoz” loyihasi ishtirokchilarining chiqishlarini endi “Yandex Music” platformasida tinglash mumkin.

Platformaga 1-mavsumning birinchi bosqichidagi barcha qoʻshiq joylangan, pleylist 86 ta qoʻshiqdan iborat. Ishtirokchilarning qoʻshiqlari efirga ketgan ketma-ketligi boʻyicha joylashgan.

Ushbu havola orqali pleylistga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtishingiz mumkin.

Avvalroq loyihani “Kinopoisk” onlayn platformasi orqali ham tomosha qilish mumkin boʻlgani haqida xabar bergandik.