Dam olish kunlari havo biroz bulutli boʻladi, yuqori harorat davom etadi
E’lon qilingan sana: · 130
22 va 23-iyun kunlari Toshkentda issiq havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda.
Shanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli bo‘lib, havo harorati +39° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Gʻarbiy, janubi-gʻarbiy gʻarbdan 10−15 km/soat tezlikda esadi. Kechasi ham biroz bulutli boʻladi. Havo harorati +25° gacha tushadi. Sharqdan 10−15 km/soat tezlikda shamol esadi.
Yakshanba kuni havo biroz bulutli boʻlib, havo harorati +38° gacha koʻtariladi. Shamol janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 10−15 km/soat tezlikda esadi. Dushanbaga oʻtar kechasi havo biroz bulutli boʻlib qoladi, havo harorati +24° gacha tushishi kutilmoqda. Shamol sharqdan, janubi-sharqdan — 10−15 km/soatgacha.