Samarqandga qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlari harakati yoʻlga qoʻyildi

E’lon qilingan sana· 138
Samarqandga qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlari harakati yoʻlga qoʻyildi

Qurbon hayiti munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 15, 16, 17-iyun kunlari 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”.

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

  • 775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi:
    Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26.
  • 776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi:
    Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki eticket.railway.uz sayti orqali elektron tarzda ham xarid qilish mumkin.