Qurbon Hayiti kuni Toshkent metropoliteni 03:00 dan ish boshlaydi
E’lon qilingan sana: · 442
“Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati Qurbon hayiti kuni metro odatdagidan ikki soat ertaroq, soat 03:00 dan ish boshlashini ma’lum qildi.
Shuningdek, bayram kuni soat 03:00 dan 10:00 gacha metropolitendan foydalanish barcha uchun bepul boʻladi.
Bundan tashqari, bayram munosabati bilan belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlarida (17−18-aprel) metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan harakatlanadi, deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.
Avvalroq Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 16-aprel, yakshanba kuni nishonlanishi va 17 va 18-aprel kunlari dam olish kunlari boʻlishi haqida xabar berilgandi.